“Real” yulduz futbolchini 100 million yevroga sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi kelasi mavsum boshlanishidan oldin yulduz futbolchini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashri jurnalisti Xoakin Maroto xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” nomi oshkor qilinmagan futbolchini yozda, klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, futbolchining narxi 100 million yevrodan ortiqroq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, “Real” joriy mavsum hech qanday sovrin qo'lga kirita olgani yo'q. Hozirda klub Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist