locale OZ

“Real” yozning eng shov-shovli transferini amalga oshirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” yozning eng shov-shovli transferini amalga oshirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi Leverkuzenning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Florian Virtsga qiziqishda davom etmoqda va u bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, madridliklar futbolchi uchun kurashda hozirda “Liverpul” favorit ekanligini biladi, biroq klub o'z ishonchini yo'qotmayapti.

“Real” Xabi Alonsoning bosh murabbiyi etib tayinlanishi Virts bilan muzokaralarda hal qiluvchi rol o'ynashiga umid qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Virts joriy mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting