locale OZ

«Real» Xvicha Kvaratsxeliyani sotib olmoqchi

«PSJ» yarim himoyachisi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Xvicha Kvaratsxeliyani sotib olmoqchi
photo: gettyimages

«PSJ» yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

«ElNacional.cat» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» gruziyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Madrid klubi «Bavariya» Maykl Oliseni sotishdan bosh tortganidan keyin bor e’tiborini Xvichaga qaratdi. Shu bilan birga, Kvaratsxeliyaning transfer kelishuvini amalga oshirish oson kechishidan darak beruvchi hech qanday belgilar yo‘q. Agar «qaymoqranglilar» Xvichaga qiziqish bildirishda davom etsalar, «PSJ» Vinisius Junior ishtirokidagi almashinuvni talab qilishi kutilmoqda.

Xvicha Kvaratsxeliya 2025 yilda «Napoli»dan «PSJ» klubiga 80 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi parijliklar tarkibida barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting