locale OZ

“Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba
Photo: Getty Images

“Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso “Real” bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis “Real”dagi faoliyatini 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida boshlaydi.

Madridliklar Alonso jamoa safiga erta kelishi masalasida nemis klubi bilan muzokara olib bordi va kelishuvga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2022 yildan beri “Bayer” bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Germaniya chempionligi hamda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting