\"Real\" Vitinyani sotib olmoqchi
Futbolchining transfer bahosi 100 mln yevroni tashkil etadi
Photo: Getty Images
“PSJ” yarim himoyachisi Vitinya faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Confidencial nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirolicha” klubi Modrichga o‘rinbosar izlamoqda. Vitinya nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. “Real” Vitinya bo‘yicha muzokaralarni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin boshlaydi.
25 yoshli futbolchining transfer qiymati 100 mln yevroni tashkil etadi. Shunga qaramay, “Real” ushbu transferni amalga oshirishga tayyor.
Vitinya yakuniga yetgan mavsumda parijliklar safida barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist