locale OZ

«Real» Vitinya uchun «PSJ»ga 90 million yevro toʻlashga tayyor

Portugaliyalik futbolchi faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Vitinya uchun «PSJ»ga 90 million yevro toʻlashga tayyor
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubida «PSJ» yarimhimoyachisi Vitinyaning shartnomasida 90 mln yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud yoki yo‘qligi borasida aniq ma’lumot yo‘q. Biroq agar ushbu band haqiqatdan ham mavjud bo‘lsa, «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres uni faollashtirishga tayyor. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.

Avvalroq portugaliyalik futbolchini 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng 90 mln yevro evaziga sotib olish mumkinligi haqida yozgan edi.

Manbaga ko‘ra, Vitinyaning shartnomasida aynan shu tovon puli bandining mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Aks holda, «PSJ» klublar o‘rtasidagi tarang munosabatlar sabab futbolchini «Real»ga sotishga rozi bo‘lmaydi.

Joriy mavsumda Vitinya barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 110 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting