«Real» Vinisiusning kelajagiga oydinlik kiritdi
Madridning «Real» klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Cadena SER nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, «Real» oʻz rejalarini oʻzgarishni oʻylayotgani yoʻq va hali ham Vinisius bilan yangi bitim borasida ijobiy kayfiyatda. Klub murabbiy va futbolchi oʻrtasidagi aloqa hozircha unchalik yaxshi emasligini tan olgan, biroq bu holat «qirollik klubi»ni toʻxtatmayapti.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Vinisius «Real»ni tark etish variantini koʻrib chiqayotgani va agentiga yangi jamoa topish topshirigʻini bergani haqida xabarlar tarqalgandi.
Maʼlumot uchun, Vinisius joriy mavsum barcha turnirlarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 150 million yevroga baholanmoqda.