locale OZ

«Real» Vinisius va Rodrigo bilan xayrlashishi mumkin

Madrid klubi jamoani qaytadan qurmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Vinisius va Rodrigo bilan xayrlashishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi tarkibni yangilash boʻyicha jiddiy ishlar qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu qayta qurish doirasida olib ikki braziliyalik yulduz — Vinisius Junior va Rodrigo bilan xayrlashishi mumkin.

Fichajes nashrining xabariga koʻra, «Real» rahbariyati futbolchilarning oʻyindagi beqarorligidan xavotirda va ularning transferi ustida ishlashni amaliy variant sifatida koʻrib chiqmoqda.

Madridliklar ikki hujumchini sotish orqali qariyb 350 million yevro daromad olishlari mumkin deb hisoblamoqda. Ushbu mablagʻlar yangi futbolchilarni xarid qilish uchun yo‘naltiriladi.

Maʼlumot uchun, «Real» ayni dam La Liga turnir jadvalida 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Qirollik klubi»ni oldinda ikki muhim oʻyin — «Yuventus» va «Barselona»ga qarshi bahslar kutib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting