locale OZ

«Real» Vinisius uchun 150 mln yevrodan yuqori takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin

Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Vinisius uchun 150 mln yevrodan yuqori takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Real” klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior uchun kamida 150 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda insayder Xose Feliks Dias xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar braziliyalik 24 yoshli futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzolamasa, “qaymoqranglilar” uni sotish variantini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Avvalroq Vinisiusning vaziyatini Londondagi “Arsenal” klubi diqqat bilan kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yilning yozidan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting