locale OZ

“Real” Vinisius o'rniga Niko Uilyamsni sotib olmoqchi. Agarda...

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Vinisius o'rniga Niko Uilyamsni sotib olmoqchi. Agarda...
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi Vinisius Junior jamoani tark etgan taqdirda, “Atletik” vingeri Niko Uilyamsnj o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Sport.es narshi xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hozirda tomonlar o'rtasida braziliyalik futbolchining shartnomasini 2030-yilga qadar uzaytirish bo'yicha muzokaralarda hech qanday siljish yo'q. Vinisius “Real”da eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanishni istamoqda.

Ma'lumot uchun, Vinisius o'tgan mavsum barcha turnirlarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 170 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting