\"Real\" Vinisius bilan yangi bitim bo‘yicha haligacha kelisha olmadi


“Real” klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma borasida to‘liq kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Ispaniyaning El Chiringuito nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma shartlarini muhokama qilib, yakunda bir qarorga kelmagan.
Agar barcha tafsilotlar bo‘yicha kelishuvga erishilsa, 24 yoshli futbolchi “qirolicha klubi” tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchiga aylanishi mumkin.
Rejalashtirilayotgan yangi bitim 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi.
Braziliyalik futbolchi 2018 yildan beri Madrid klubida to‘p surmoqda. U o‘sha yili “Flamengo”dan 45 million yevro evaziga “Real” safiga kelib qo‘shilgan. Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Futbol
Kecha da 17:22

Futbol
Kecha da 15:36

Futbol
Kecha da 14:12