locale OZ

\"Real\" Vinisius bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Vinisius bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi
Photo: Getty Images

"Real" klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Vinisius madridliklar bilan yangi bitim borasida kelishuvga erishgan va shartnoma 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Shuningdek, futbolchi yiliga 20 million yevro maosh oladi, bonuslar bilan bu raqam 30 million yevrogacha ko'tarilishi mumkinligi aytilmoqda.

Vinisius joriy mavsum La Liga doirasidagi 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 11 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyida yakunlanadi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting