locale OZ

\"Real\" Vinisius bilan muzokaralarni to'xtatdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Vinisius bilan muzokaralarni to'xtatdi
Photo: Getty Images

“Real” hujumchisi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Ispaniyaning El Chiringuito nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar bir necha oy avval yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgan va uni 2025/26 yilgi mavsum boshlanishidan oldin rasman e’lon qilishni rejalashtirishgan edi.

Biroq hozirda “qirolicha klubi” muzokaralarni davom ettirishga uncha shoshilmayapti.

Avvalroq Saudiya Arabistonining bir nechta klublari braziliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2018 yilda “Real Madrid” safiga qo‘shilgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting