locale OZ

«Real» Valverdeni yozda sotib yuborishi mumkin

Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 120 million yevroga teng.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Valverdeni yozda sotib yuborishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Real" jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverdening jamoadoshi Orelien Tchuameni bilan janjalidan so‘ng klubni tark etishi mumkinligi kuzatilmoqda.

AS nashrining xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi 100–120 million yevroga baholanmoqda.

Manbaga ko‘ra, Valverdegaga asosiy qiziqish bildirayotgan klublardan biri — "Manchester Siti". Angliya chempionlari urugvaylik futbolchini 2025 yil yozidan beri kuzatib kelmoqda.

Shu bilan birga, Valverdening o‘zi "Qirollik klubi"ni tark etishni istamayotgani ta'kidlanmoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 120 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting