locale OZ

«Real» Valverdeni sotishni o‘ylamayapti – El Nacional

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Valverdeni sotishni o‘ylamayapti – El Nacional
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Federiko Valverdeni sotishga intilmayapti. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, “Qirolicha klubi” Valverdeni sotish variantini faqat unga qiziqish bildirgan jamoa 100 million yevrodan ancha yuqori summa taklif qilgan taqdirdagina ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, “Real” murabbiylar shtabi uning o‘rnini bosadigan futbolchi topa olishi kerak.

O‘tgan mavsumda urugvaylik futbolchi barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting