locale OZ

«Real» va Vinisius yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi – manba

Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.
"Real" va Vinisius yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi – manba
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi va braziliyalik hujumchi Vinisius Junior futbolchining shartnomasini uzaytirish masalasini yakuniy hal qilish uchun rasmiy uchrashuv belgiladi. Bu haqda Madrid Zone sahifasi ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Avvalroq matbuotda Vinisiusning klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunga sabab sifatida uning jamoadoshi Kilian Mbappe bilan munosabatlari taranglashgani keltirilgan.

Vinisius Junior 2018 yildan buyon "Real" tizimida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik yulduzning bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting