«Real» va Vinisius shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi bitim 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior va Madridning «Real» klubi hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar allaqachon oʻzaro kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, Vinisiusning bosh murabbiy Xabi Alonso bilan kelib chiqqan mojarosi haqida so‘nggi ma’lumotlar ham shartnoma uzaytirishga to‘sqinlik qilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, «Real» Vinisiusni 2018 yilda «Flamengo»dan 45 million yevroga sotib olgan. Shu vaqtdan beri braziliyalik futbolchi Madrid klubida 338 ta o‘yinda maydonga tushib, 111 ta gol urgan va 87 ta golli uzatma amalga oshirgan.
25 yoshli futbolchining «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist