locale OZ

“Real” va Braziliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi jamoaning eng yaxshi futbolchisini aytdi — va bu Vinisius emas

Futbol
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
“Real” va Braziliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi jamoaning eng yaxshi futbolchisini aytdi — va bu Vinisius emas
“Real” va Braziliya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi jamoaning eng yaxshi futbolchisini aytdi — va bu Vinisius emas

Madridning “Real” klubi hamda Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Julio Baptista milliy jamoa yulduzi Neymar haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini Goal.com nashri keltirmoqda.

“Neymar hali ham Braziliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U jahon chempionatigacha asosiy tarkibda o‘z o‘rnini topishi kerak. Umid qilamanki, u hali ham yurtimiz uchun buyuk ish qila oladi”, — dedi Baptista.

Hozirda 33 yoshli hujumchi Braziliyaning “Santos” jamoasida to‘p suradi. Uning klub bilan shartnomasi joriy yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga teng.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting