«Real» Upamekanoga jiddiy qiziqish bildirmoqda
«Bavariya» himoyachisi Deotshankyul Upamekano Madridning «Real» klubi eʼtibor markaziga tushdi. Bu haqda jurnalist Florian Plottenberg xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, hozircha «Real» fransiyalik futbolchi bilan muzokara olib bormayapti, ammo agar Upamekano «Bavariya» bilan yangi shartnoma boʻyicha kelisha olmasa, Madrid klub harakatni boshlashga tayyor.
Hozirda futbolchining vakillari «Bavariya» bilan muzokaralar olib bormoqda. Yangi shartnoma 2030 yoki 2031 yilga qadar moʻljallangan boʻlishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Upamekano 2021 yilning yozida «Leypsig»dan «Bavariya»ga 60 million yevro evaziga koʻchib oʻtgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 14 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.