«Real» Upamekano, Konate va Gehi bilan shartnoma imzolamoqchi emas — manba
Madridning «Real» klubi kelasi yozda shartnomasi yakunlanadigan markaziy himoyachilar bozorini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shu munosabat bilan «qaymoqranglilar» avvalroq «Bavariya» futbolchisi Deotshankyul Upamekano, «Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate hamda «Kristal Pelas» vakili Mark Gehiga qiziqish bildirayotgan edi.
Biroq ESPN xabariga ko‘ra, Konate va Upamekanoning «Qirollik klubi»ga o‘tishi «deyarli istisno qilingan». Shuningdek, «Real» rahbariyati Mark Gehi bilan ham shartnoma imzolashni rejalashtirmayotgani ta’kidlanmoqda.
Manbada qayd etilishicha, «qaymoqranglilar» 33 yoshli himoyachi David Alaba bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, klub Antonio Ryudiger bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.