locale OZ

«Real» Uorton uchun asosiy da’vogar

22 yoshli futbolchining transfer narxini 75 million yevroga baholamoqda.
«Real» Uorton uchun asosiy da’vogar
Фото: Getty Images

«Real» tarkibini yana bir angliyalik futbolchi bilan kuchaytirishi mumkin. Bu haqda insayder Migel Serrano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «qirollik klubi» rahbariyati «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqish bildirmoqda. «Burgutlar» o‘z yetakchi futbolchisining transferi uchun 100 million yevro talab qilmoqda.

Qayd etish lozim, Uorton 2024-yil fevral oyidan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari 22 yoshli futbolchining transfer narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting