locale OZ

«Real» Uorton uchun 60 mln yevro sarflamoqchi

Uning “Kristal Pelas” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Uorton uchun 60 mln yevro sarflamoqchi
ФОТО: Getty images

“Kristal Pelas” klubi yarim himoyachisi Adam Uorton faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ingliz futbolchisi “Real” klubining jiddiy qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. 21 yoshli xavbek Toni Kroosga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

“Qirolicha klubi” futbolchi uchun taxminan 60 million yevro to‘lashga tayyor. Hozircha “Kristal Pelas” futbolchi bo‘yicha aniq pozitsiyasini bildirgani yo‘q. Biroq, yaxshi taklif tushsa, uni sotishga qarshi emas.

Joriy mavsumda Uorton barcha musobaqalar doirasida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning “Kristal Pelas” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting