locale OZ

“Real” Trent Aleksandr-Arnoldning taqdimotini o'tkazdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Trent Aleksandr-Arnoldning taqdimotini o'tkazdi
FOTO: Getty Images

Bugun, 12-iyun kuni “Real Madrid Siti”da Trent Aleksandr-Arnoldning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

“Trent Aleksandr-Arnold allaqachon “Real Madrid” futbolchisi. Prezident Florentino Peres uni majlislar zalida kutib oldi. U yerda ingliz futbolchisi uni keyingi olti mavsum uchun shartnoma imzoladi.

Shartnoma imzolanganidan so'ng, Aleksandr-Arnold stadionning nusxasi, soat va o'z nomi tushirilgan futbolkani oldi”, - deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Trentning so'nggi klubi “Liverpul” edi. U o'tgan mavsum mersisaydliklar safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting