locale OZ

\"Real\" Theo Ernandesni Ferlan Mendiga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Theo Ernandesni Ferlan Mendiga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda
"Real" Theo Ernandesni Ferlan Mendiga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda

Madridning "Real" jamoasi Ferlan Mendining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodni aniqladi. AS nashrining xabar berishicha, klub "Milan" himoyachisi Theo Ernandesni sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fransiyalik futbolchi "qirmoqlar" murabbiylar shtabi qo‘yadigan barcha talablarga javob beradi: u tajribali, universal va ispan futboliga yaxshi tanish. Qolaversa, Ernandes Madridning "Atletiko" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2017–2019 yillar oralig‘ida "Real" safida to‘p surgan.

Joriy mavsumda Theo barcha musobaqalar doirasida "Milan" uchun 46 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning italiyalik klub bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Manbaga ko‘ra, bu holat "Real"ga transfer bo‘yicha maqbul kelishuvga erishish imkonini beradi. Transfermarkt sayti ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting