locale OZ

«Real» tarkibni yangilash uchun bir qator futbolchilar bilan xayrlashishi mumkin

Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» tarkibni yangilash uchun bir qator futbolchilar bilan xayrlashishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Real” klubi yozgi transfer oynasida yangi futbolchilar uchun joy bo'shatish maqsadida tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, bir nechta futbolchining kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Ular qatorida himoyachilar Raul Asensio va Fran Garsiya, yarim himoyachilar Eduardu Kamavinga, Orelien Tchuameni hamda Franko Mastantuono, shuningdek hujumchilar Brahim Dias va Gonsalo Garsiya bor.

Qayd etilishicha, “Real” bu yozda klubga qaytgan bosh murabbiy Jozé Mourinyo boshchiligida jamoani yangilashni maqsad qilgan.

Portugalalik mutaxassis tarkibni kuchaytirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni allaqachon belgilab bergan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting