locale OZ

“Real” so'nggi 16 yillikdagi klub antirekordini o'rnatdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” so'nggi 16 yillikdagi klub antirekordini o'rnatdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o'yinida “Arsenal”ga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi va so'nggi 16 yillikdagi klub antirekordini o'rnatdi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi” 2009-yildan buyon birinchi marta Chempionlar Ligasida ketma-ket ikkita o'yinda gol ura olmadi. O'shanda Xuande Ramos boshchiligidagi “Real” musobaqaning 1/8 finalida “Liverpul”ga o'z maydonida 0:1, safarda esa 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Madrid klubi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o'yinida “Atletiko”ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra durang qayd etilganidan so'ng penaltilar seriyasiga murojaat qilingan. Lotoreyada esa omad “Real”ga kulib boqqandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting