locale OZ

\"Real\" sobiq futbolchisini sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" sobiq futbolchisini sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Milan”ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Teo Ernandes yana “Real”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi fransiyalik himoyachi xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Ernandes Ispaniya chempionatiga oson moslasha oladigan tajribali futbolchi. Qolaversa, uning “Milan” bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.

Ma’lumot uchun, Teo Ernandes “Atletiko Madrid” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yildan 2019 yilgacha u “Real Madrid” safida o‘ynagan.

Joriy mavsumda Ernandes barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting