locale OZ

“Real” skautlari Krishtianu Ronalduning o'g'lini kuzatib bormoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” skautlari Krishtianu Ronalduning o'g'lini kuzatib bormoqda
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'g'liga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Defense Central nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Qirollik klubi” 14 yoshli Krishtianuni Xorvatiyadagi turnirda yaponiyalik tengdoshlarini 4:1 hisobida mag'lub etgan Portugaliya yoshlar terma jamoasidagi debyut o'yinida tomosha qilgan.

Ta'kidlanishicha, kichik Ronalduni kuzatishni “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres buyurgan. Ispan grandi kelajakda portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Shuningdek, 14 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted”, “Tottenhem” va Germaniyaning bir qator klublari ham kuzatib bormoqda. Hozirda kichik Ronaldo “An-Nassr” yoshlar jamoasida harakat qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting