«Real» sakkiz nafar futbolchisini sotishga tayyorlamoqda
Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasida sakkiz futbolchini sotishga tayyorlanmoqda. Defensa Central nashrining xabariga ko‘ra, bu futbolchilar o‘zidan kutilgan darajada o‘yin ko‘rsatmayotgan, yoki asosiy tarkib a’zosi bo‘lmagan va transfer evaziga jamoaga katta mablag‘ keltirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar hisoblanadi.
Transfer ro‘yxatining boshida vinger Gonsalo Garsiya va hujumchi Rodrigo kiritilgan. Shuningdek, darvozabon Andrey Lunin, himoyachilar Ferlan Mendi va Fran Garsiya, ular Alvaro Karreras soyasida qolayotgani bois, sotish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Ro‘yxatga yarim himoyachilar Daniel Sebalyos, Braim Dias va Eduardu Kamavinga ham kiritilgan.
Ushbu futbolchilarni sotish klubga sezilarli transfer summasini olib kelishi va maosh byudjetini sezilarli darajada yengillashtirishi kutilmoqda.
16 turdan so‘ng Ispaniya chempionatida «Real» 36 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. 17 uchrashuvdan so‘ng 43 ochko jamg‘argan «Barselona» esa peshqadamlik qilmoqda.