locale OZ

«Real» Rüdiger bilan kelishuvga erishdi

Antonio 2022 yil yozidan beri "Real" safida to'p surib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Real" Rüdiger bilan kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images

"Real" himoyachi Antonio Rüdiger bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi. Yangi bitimga ko'ra, nemis futbolchisi klubda 2026/2027 mavsumining oxirigacha qoladi.

Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati 33 yoshli himoyachining hali ham yuqori darajada o'ynay olishiga ishonmoqda.

Rüdiger 2022 yil yozidan beri "Real" safida to'p surib kelmoqda. Ushbu mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo'ldi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati hozirda 9 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting