«Real» Rodrigoni Florian Virtsga almashtirmoqchi
Madridning «Real» klubi «Liverpul» hujumkor yarimhimoyachisi Florian Virtsning transferini oʻrganib chiqmoqda. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli nemis futbolchisi hali Premyer-ligaga to‘liq moslasha olmagan.
«Qirollik klubi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Virtsning imkoniyatlarini yaxshi biladi — ular bir vaqtlar «Bayer»da hamkorlik qilishgan. «Real» hamda «Liverpul» Rodrigo va Virtsni almashtirish variantini muhokama qilishi mumkin.
Hozirda Rodrigo «Real» asosiy jamoasida yetarli o‘yin amaliyotiga ega boʻlmayapti, shu bois klub uni 2026 yilda ijaraga berish yoki toʻliq transfer qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Florian Virtsning bozor qiymati 130 million yevroni, Rodrigoniki esa 80 million yevroni tashkil etadi.