locale OZ

“Real” Rodrigoga o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” Rodrigoga o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar vaqtida “River Pleyt” hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuononi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda TyC Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ispan grandi rahbariyati, xususan, prezident Florentino Peres 17 yoshli argentinalik futbolchi bilan ehtimoliy transfer borasida aloqaga chiqqan. Futbolchining vakillari hozirda Madridda bo'lib turibdi.

Ta'kidlanishicha, Franko Yevropaga ko'chib o'tishga shoshilmayapti. Unga shuningdek, “Milan”, “Atletiko” va PSJ klublari ham qiziqish bildirgan.

Ma'lumot uchun, Mastantuono joriy mavsum klub safida jami 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting