«Real» Rodri uchun ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda
"Real" klubi "Manchester City" yarim himoyachisi Rodri transferi bo‘yicha ilk rasmiy taklifini tayyorlamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 50–60 million yevro atrofida taklif bildirishni rejalashtirishgan.
Xabarlarga ko‘ra, Rodri "Manchester City"ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifini rad etgan. Futbolchi faoliyatini "Real"da davom ettirishni istamoqda va madridliklar bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Endi "Real" transfer narxi borasida "Manchester City" bilan kelishuvga erishishi lozim. Avvalroq ingliz klubi jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lgan Rodrini saqlab qolishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.