locale OZ

«Real» Rodri uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor

«Real» uchun muqobil variant sifatida Enso Fernandes ko‘rib chiqilmoqda.
«Real» Rodri uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Rodri faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” Rodrini bir yil avval professional faoliyatini yakunlagan Toni Kroosning munosib o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Shu bois madridliklar futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolganiga qaramay, uning transferi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor.

Xabarda aytilishicha, Rodri o‘zi ham Madridga qaytish istagini yashirmayapti. U avvalroq “Atletiko” safida ham to‘p surgan.

Shuningdek, agar bu transfer amalga oshmasa, “Real” uchun muqobil variant sifatida “Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes ko‘rib chiqilmoqda.

30 yoshli Rodri o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi bilan 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Rodrining bozor qiymati 55 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting