locale OZ

«Real» Rodri transferini yana kun tartibiga olib chiqdi

Rodri Jahon chempionatida 7 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
“Real” Rodri transferini yana kun tartibiga olib chiqdi
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi “Manchester City” yarim himoyachisi Rodriga bo‘lgan qiziqishini yana tikladi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “qaymoqranglilar” Ispaniya terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionatida namoyish etgan o‘yinidan so‘ng 30 yoshli futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, “Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Rodrini o‘z jamoasi uchun ideal yarim himoyachilardan biri deb hisoblaydi va uning o‘yin uslubi portugaliyalik mutaxassis talablariga to‘liq mos keladi, deb o‘ylaydi.

Avvalroq Rodri o‘z kelajagi borasidagi qarorni 2026 yilgi Jahon chempionati tugaganidan keyin muhokama qilishini ma’lum qilgan edi. Ispaniya milliy jamoasi musobaqa finalida 19 iyul kuni maydonga tushadi.

Rodri Jahon chempionatida 7 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Uning “Manchester City” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting