“Real” rahbariyati Bellingemning joriy mavsumdagi o'yinida norozi - Marca
Madridning “Real” rahbariyati Jud Bellingemning joriy mavsumdagi o'yinidan norozi bo'lmoqda. Klub rahbarlari va texnik mutaxassislar angliyalik futbolchining o'yinidagi pasayishlar sabablarini aniqlash va uni avvalgi darajasiga qaytarish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mavjud vaziyat bilan bog'liq holda, jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bir necha hafta oldin Bellingem bilan suhbat o'tkazib, futbolchining futbolga aloqasi bo'lmagan qiyinchiliklarga duch kelgan yoki kelmaganini aniqlagan.
Ispan grandi 21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda kiyinish xonasi va maydonda yetakchilik mavqeyini mustahkamlashini kutgandi, ammo bu amalga oshmadi.
Ma'lumot uchun, Bellingem joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.