locale OZ

«Real» qishki transferlar vaqtida Makallisterni xarid qilishi mumkin

Madrid klubi argentinalik futbolchini sotib olish boʻyicha harakatlarni boshlab yuborgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» qishki transferlar vaqtida Makallisterni xarid qilishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Liverpul» yarimhimoyachisi Aleksis Makallisterni sotib olish boʻyicha harakatlarni boshlab yubordi. Bu haqda jurnalist Indykalia xabar bermoqda.

26 yoshli futbolchining transferi katta ehtimol bilan yozda amalga oshishi kutilmoqda, biroq manbaga koʻra, «qirollik klubi» uni qishdayoq xarid qilishi ham mumkin.

Qayd etilishicha, mersisaydliklar futbolchini sotishga tayyor boʻlgan miqdorni yaxshi biladi.

Maʼlumot uchun, Makallister 2023 yilning yozidan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 105 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Argentinalik futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting