locale OZ

«Real» Pas bo'yicha «Komo bilan muzokaraga kirishadi – Romano

Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Pas bo'yicha «Komo bilan muzokaraga kirishadi – Romano
ФОТО: Getty images

Komo hujumkor yarim himoyachisi Niko Pasning kelajagi kelasi hafta Italiya klubi rahbariyati va Real o‘rtasidagi muhokama mavzusiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli argentinalik futbolchi Komo safida kamida yana bir mavsum qolishni istamoqda. Biroq, yakuniy qaror ko‘p jihatdan futbolchini qaytarib sotib olish huquqini saqlab qolgan Real klubining pozitsiyasiga bog‘liq. Komo hozirgi shartnoma shartlaridan to‘liq qoniqish hosil qilgan.

O‘tgan mavsumda Pas barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting