locale OZ

«Real» o‘rtoqlik o‘yinida «Leganes»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Real» klubi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. «Qirollik» klubi «Leganes»ga qarshi o‘ynab, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» o‘rtoqlik o‘yinida «Leganes»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
photo: gettyimages

«Real» klubi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. «Qirollik» klubi «Leganes»ga qarshi o‘ynab, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvda hisobni 22-daqiqada «Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverde ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Gonsalo Garsiya mezbonlarning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi. 039-daqiqada «Leganes» hujumchisi Naim Garsiya hisobdagi farqni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda madridliklar yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Avval Franko Mastantuono 58-daqiqada gol muallifi bo‘ldi, ikki daqiqadan keyin esa «Leganes» himoyachisi Ruben Pulido o‘z darvozasiga to‘p kiritib, bahsga nuqta qo‘ydi — 4:1.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Real — Leganes 4:1
Gollar: Valverde 22, Gonsalo Garsiya 25, Mastantuono 58, Pulido 60 avtogol – Naim Garsiya 39.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting