locale OZ

«Real» Olise uchun 220 million evrogacha to‘lashga tayyor

Olicening amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Real Olice uchun 220 million evrogacha to‘lashga tayyor
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi "Bavariya"ning qanot hujumchisi Maykl Olisega hanuz qiziqish bildirmoqda.

Ispaniya klubi fransiyalik vingerning ehtimoliy transferi 150 mln yevrodan qimmatroqqa tushishi mumkinligini tushunadi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" Olise transferi uchun 200 mln yevrodan ko‘proq, ammo 220 million yevrodan oshmagan mablag‘ to‘lashi mumkin.

O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Olicening amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 150 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting