«Real» Olise uchun 180 million yevro taklif qilishi mumkin – manba
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres “Bavariya” qanot hujumchisi Maykl Oliseni sotib olish bo‘yicha taklifni 180 million yevrogacha oshirishga tayyor. Bu haqda Defensa Central jurnalisti Migel Serrano xabar bermoqda.
Avvalroq “Qirollik klubi” rahbari fransiyalik futbolchining transferi uchun 150 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida ma’lumotlar chiqqan edi.
Shuningdek, jurnalist Ramona Alvares ham Olisening “Real”ga o‘tishni xohlayotganini ta’kidlagan edi.
O‘tgan mavsumda Olise barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.