locale OZ

«Real» muxlislarining katta qismi Vinisiusning ketishini istamoqda — Marca

Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» muxlislarining katta qismi Vinisiusning ketishini istamoqda — Marca
FOTO: Getty Images

Marca nashri o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, «Real» muxlislarining 86 foizi Madrid klubi hujumchisi Vinisius Juniorni sotish eng to‘g‘ri qaror bo‘lishini hisoblashmoqda, chunki uning klubdagi mavqei qaytarilmas darajada kompromatlangan.

25 yoshli futbolchi atrofidagi mojaro La Liga 17-turidagi «Real» – «Sevilya» uchrashuvida (2:0) avj oldi. O‘yinning oxirida Vinisius maydondan chiqarilgach, u e’tiroz bildirgan holda profil rasmini ijtimoiy tarmoqlarda Braziliya terma jamoasi futbolkasi bilan almashtirdi, bu esa vaziyatni yanada keskinlashtirdi.

Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda «Real» safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va sakkizta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting