locale OZ

\"Real\" murabbiyi joriy mavsumdagi asosiy muammolar haqida gapirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"ga qarshi o‘tgan o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida jamoasining o‘yini borasida o‘z fikrini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, bu darajadagi uchrashuvlarda ham himoya, ham hujum yuqori saviyada bo‘lishi zarur.

«Hujumda yomon o‘ynamadik. Biroq dastlabki o‘ttiz daqiqada ancha yaxshi harakat qilishimiz mumkin edi. Yo‘l qo‘yilgan aniq xatolar gollarga olib keldi. Reja aniq edi, ayniqsa hujumda. Lekin himoyada, ayniqsa birinchi bo‘limda, yaxshi harakat qilmadik. Shunga qaramay, jamoa umumiy holda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz belgilangan taktik rejaga amal qildik… Bu mavsumdagi so‘nggi El Klasiko edi. Endilikda mavsumni munosib yakunlashga e'tibor qaratamiz. Oldimizda uchta o‘yin qoldi», — dedi Anchelotti.

Uning ta'kidlashicha, "Real"ning joriy mavsumdagi eng katta muammosi — himoya:

«Ko‘p hollarda gollarni o‘z xatolarimiz oqibatida o‘tkazib yubordik. Bu — asosiy muammo. Xuddi shunday holatlar oldingi "Barselona"ga qarshi o‘yinlarda ham kuzatilgan. Demak, asosiy muammo — himoya», — deya xulosa qildi italiyalik mutaxassis.

Shuningdek, Anchelotti jamoasida besh nafar himoyachi yetishmayotganini ham alohida ta'kidladi. Eslatib o‘tamiz, La Liganing 35-turidagi markaziy uchrashuv — El Klasikoda "Barselona" Hans-Diter Flik boshchiligida "Real"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting