locale OZ

«Real» Munyosni ortga qaytarmoqchi

Bu haqda COPE xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Real Munyosni ortga qaytarmoqchi
ФОТО: Getty images

Real vinger Viktor Munyosni klubga qaytarishga qiziqish bildirmoqda. 2025 yil yozida "Qirollik klubi" o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisini Osasunaga sotgandi. Bu haqda COPE xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" shuningdek, PSJ yarim himoyachisi Joau Neves va Inter markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Avvalroq OAVda Realga bosh murabbiy sifatida tayinlanishi kutilayotgan Joze Mourino Bastonining ispan grandiga o‘tishini shaxsan ma'qullagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, italiyalik futbolchining Barcelonaga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqqan, biroq ko‘k-anorranglilar bosh murabbiyi Hans-Dieter Flik bu transferga to‘sqinlik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting