locale OZ

«Real» Mourinyuga qancha maosh berishi ma'lum

Klub "Benfika"ga ham tovon puli to'laydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Real Mourinhuga qancha maosh berishi ma'lum
ФОТО: Getty images

“Real” Joze Mourinyo bilan shartnoma imzolash arafasida. Sport.es nashrining xabariga ko'ra, klub portugaliyalik mutaxassisga yiliga 6 million yevro maosh to'laydi.

Bu summa “qaymoqranglilar”ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso olgan maoshga yaqin.

Shuningdek, Sport.es ma'lumotiga ko'ra, “Real” Mourinyoning hozirgi klubi “Benfika”ga shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun 7 million yevro tovon puli to'laydi.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso “Real”ni 2025 yil yozidan 2026 yil yanvarigacha boshqargan. Mourinyo esa 2010–2013 yillarda ham madridliklarning bosh murabbiyi bo'lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting