«Real» Mourinyu bilan kelishuvga erishdi – manba
Joze Mourinyu yaqin vaqt ichida "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimiga qaytishi mumkin. Bu haqda Correio da Manhã nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar "Benfika" bilan mutaxassisning o‘tishi borasida kelishuvga erishgan. Lissabon klubi taxminan 7 million yevro miqdorida kompensatsiya olishi aytilmoqda.
Mourinyuning tayinlanishi haqida rasmiy bayonot kelasi hafta Madridda e'lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, portugal murabbiyi avval ham 2010–2013 yillar oralig‘ida "Real Madrid"ni boshqargan. Ushbu davrda jamoa Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubokni qo‘lga kiritgan.
Avvalroq Mourinyu "Benfika" rahbariyati unga shartnomani uzaytirishni taklif qilganini, biroq u bu taklifni qabul qilmaganini ma'lum qilgan edi.