locale OZ

Real Modrich o‘rniga futbolchi izlamoqda

Klub ikki futbolchini kuzatmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Real Modrich o‘rniga futbolchi izlamoqda
Photo: Getty Images

Madridning "Real" klubi Luka Modrichga o‘rinbosar qidirmoqda. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" xorvatiyalik xavbek o‘rniga ikkita nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Klub "Chelsi"dan Enso Fernandes va "Bayer"dan Ezikiël Palasiosga qiziqish bildirmoqda.

Modrich esa mavsum yakuniga yetganidan so‘ng "Real"ni tark etishga qaror qilgan.

Fernandes joriy mavsum APLda 35 o‘yinda 6 ta gol urdi va 7 ta assistni amalga oshirdi. Palasios esa Bundesligada 24 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting