locale OZ

«Real» Maykl Olise uchun 150 mln yevro taklif qiladi — AS

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Maykl Olise uchun 150 mln yevro taklif qiladi — AS
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres kelasi hafta "Bavariya" qanot hujumchisi Maykl Olise transferi uchun 150 mln yevro taklif qiladi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Qirollik klubi" rahbari kelasi seshanba kuni "qaymoqranglilar" tarixidagi eng katta transfer taklifini amalga oshirishini e'lon qilgandi. Biroq Peres bu Olise bo'lmasligini ta'kidlagan.

Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik hujumchining ehtimoliy transferi oson kechmaydi, chunki "Bavariya" futbolchi sotishdan keladigan pulga muhtoj emas.

O'tgan mavsumda Olise barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting