locale OZ

«Real» Mastantuonini rasmiy tanishtirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»  Mastantuonini rasmiy tanishtirdi
Photo: Real Madrid

Argentinalik iqtidorli qanot vingeri Franko Mastantuononing "Real Madrid" safidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Futbolchi bugun 18 yoshga to‘ldi. Franko "qirolicha klubi"da 30-raqam ostida to‘p tepadi. Bu degani - Mastantuono "Kastilya" safida ro‘yxatdan o‘tadi.

La Ligada asosiy jamoa futbolchilari faqatgina 1 dan 25-raqamgacha bo‘lgan raqamlarda o‘ynashi shart.

Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi futbolchi uchun 45 million yevro sarfladi. Umumiy xarajatlar bilan hisoblaganda esa bu summa 60 million yevrodan oshishi aytilmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting