locale OZ

«Real» Marokash terma jamoasining 70 mln yevrodan qimmatroq futbolchisini nishonga oldi — Sky Sport Germany

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.
"Real" Marokash terma jamoasining 70 mln yevrodan qimmatroq futbolchisini nishonga oldi — Sky Sport Germany
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi Marokash terma jamoasi va "Lill" klubining 18 yoshli yarim himoyachisi Ayub Buaddiga qiziqish bildirayotgan yetakchi klublardan biri hisoblanadi.

Futbolchi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Braziliyaga qarshi (1:1) o'yindan so'ng top-jamoalarning qo'shimcha e'tiborini tortdi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Lill" futbolchining transferi bo'yicha 70+ mln yevrolik takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Braziliyaga qarshi o'yinda Buaddi 66 ta uzatmadan 60 tasini aniq amalga oshirgan, shuningdek, 87 marta to'pga tekkan.

O'tgan mavsumda Buaddi barcha turnirlarda 42 ta o'yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 mln yevroni tashkil etadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting